Содержание

U qanday? Uning bizga bo’lgan munosabati qanday? Hayotning mazmuni nima? Xudo bizga nimani berdi? «Iso» ismi nimani anglatadi? Qanday qilib U Óz nomiga munosib yashadi? U Xushxabarda Ózi haqida qanday gapirgan? Bu haqiqatga qanday ishonch hosil qilish mumkin? Qanday qilib biz Uning g'olib qóshiniga qóshila olamiz? Bizni oxirida nima kutmoqda? Yomonlik qayerdan keldi? Bu bizga qanday natija olib keldi? Xudo bunga qanday munosabatda bóldi? Biz qanday g'alabaga erishdik? Xudo qanday qilib inson bo’ldi?

Kóp odamlar bu olamda yanada yuqori, kuchli va g'ayrioddiy narsa bor deb óylashadi. Ammo bu «bir narsa» emas, balki «kimdir» ekanligini kam odam biladi. Xudo – mutlaq yuzsiz va kosmik bólmagan tamoyil emas: Xudo: “Men” deb aytadigan shaxsdir. Shuning uchun Xudo bilan muloqot qilish mumkin . Bu, haqiqiy iymonli shunchaki: «Xudo bor» deb aytadigan insonni emas, balki U bilan shaxsiy munosabatlarga ega bo’lgan insonni anglatadi.

U qanday?

Xudo har doim bólgan va bóladi. U hamma joyda. U hamma narsani biladi va nimani xohlasa qila oladi. U yagona Muqaddas va Undan ózga Xudo yóqdir. Yagona Xudo abadiy Uning Muqaddas Kalomi va MuqaddasRuhiga ega bólib, Undan ajralmasdir . Xudo bizning dunyomizni, shu jumladan birinchi ikki kishini ham yaratdi hammamiz ulardan kelib chiqqanmiz. Va hozir ham U koinotni boshqaradi va «hech narsaga muhtoj bo’lmasdan turib, O’zi hammaga hayot, nafas va hamma narsani beradi” (Havoriylar 17:25). Lekin eng asosiysi, Xudo ezgulik, muqaddaslik va muhabbat manbaidir. Shuningdek Uadolatlidir va solih Hakam sifatida «har kimni qilmishiga yarasha mukofotlaydi» (Rim. 2:6).

Uning bizga bo’lgan munosabati qanday?

Hayotingizda hamma narsa aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi ketayotgandek, góyo kimdir yordam berayotgandek yoki aksincha , maqsad yólida yengib bólmaydigan tósiqlar paydo bólganda, góyo kimdir sizninotóg'ri qadam tashlashingizdan himoya qilayotgandek bo’ladimi? Bularning barchasi – har birimizni, hatto Uni bilmaganlarni ham órab oladigan Xudo g'amxórligining namoyonidir. Uning yordami evaziga bizning hayotimizda tasodifiy yoki mánosiz narsaning o’zi yóq.

Hayotning mazmuni nima?

Xudo bizni muqaddaslik uchun yaratdi. Bu yerdagi hayot insonga tanlov vaqti sifatida berilgan – yoki u Xudo bilan va gunohga qarshi, yoki u Xudoga qarshi gunoh qiladi. Uchinchisi yóq. Biz qiladigan tanlov bizning vafotimizdan keyingi taqdirimizni belgilab beradi. Bu tanlov bizning qalbimizda sodir bóladi va amallarimiz va so‘zlarimiz bilan ifodalanadi. Bu bizda shu erda va hozir sodir bóladi.

Xudo bizga nimani berdi?

Ikki narsani.

Birinchidan, Xudo har birimizga erkinlik berdi, chunki Unga ip orqali boshqaradigan qóg'irchoqlar kerak emas. U yaratganlarning bosim ostida emas óz ixtiyori bilan mehribon bólishini xohlaydi. U bizni sevishimizni xohlaydi va sevgi erkinliksiz mavjud bólolmaydi. Ikkinchidan, U har birimizga Uni irodasini tanib olishimizga yordam beradigan vijdonni berdi , yaxshilikdan yomonlikni ajrata oladigan va o’z pushaymonligimiz bilan bizni hukm qilinadigan qonun borligini eslatadi.

«Iso» ismi nimani anglatadi?

«Iso» tarjimasi «Najotkor» degan mánoni anglatadi. Shunday deb nomlanishiga sabab, U insonni gunohdan qutqardi va uni Xudo bilan qayta birlashtirdi. Va «Masih» «Moylangan» degan mánoni anglatadi. Qadim zamonlardan beri shohlarni shunday nomlashgan , Masih ham shunday nomlangan, chunki u butun dunyoning Shohidir.

Qanday qilib U Óz nomiga munosib yashadi?

Tasavvur qilaylik, málum bir odam turmush tarzi oqibatida o’ziga dushmanlar ortirdi. Va ular uni kelib o’ldiradigan qotilni yollashadi. Va otishma paytida kimdir uning yonida bo’lib , óz tanasi bilan óq kimga móljallangan bo’lsa uni tósib qóyadi va qimmatli hayoti evaziga uning hayotini saqlab qoladi. Bu Masihning butun insoniyat miqyosda qilgan ishidir. Biz adolat yuzasidan gunohlarimiz evaziga jazo: azob va ólimga loyiqmiz. U gunohsiz bólib , biz uchun Ózini qurbon qildi va alamli ólimga borib, biz uchun móljallangan jazoni Xochda qabul qildi. O’ziga o’qni tilab olgan kimsani o’z tanasi bilan to’sgan o’sha odam kabi bunga majbur bólmaganidek, U ham buni qilishga majbur emas edi. Masih buni erkin qildi, chunki u bizni sevadi. Shunday qilib, U bizning Najotkorimiz bólib, Óz nomiga munosib yashadi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, “Xudo sevgidir” (1 Yuhanno 4:8). «Masih bizlar uchun jonini fido qildi, ana shundan biz haqiqiy sevgini bildik ” (1 Yuhanno 3:16). U inson sifatida óldi, lekin Xudo sifatida ólmas bólib qoldi. Va uchinchi kuni U Ózining inson tanasini tiriltirib, buni bizga haqiqatan ham ólimni mag'lub etdi va U ochgan yól boqiylikka olib borishini ko’rsatdi.

U Xushxabarda Ózi haqida qanday gapirgan?

Qanday haqiqiy va abadiy Xudoning tug'ilishi, Iso Masih dedi: «Men Xudoning Óg'liman» (Yuhanno 10:36), «Otamning O’zi meni ulug’laydi, sizlar Uni Xudoyimiz deb aytasizlar.» (Yuhanno 8:54), “Otamning bor narsasi Menikidir” (Yuhanno 16:15), “Meni ko‘rgan odam Otani ko‘rgan bo’ladi. (Yuhanno 14:9), «Men va Otam birmiz” (Yuhanno 10:30). Va bu sózlar bizda dalil – yerdagi hayoti davomididagi mó'jizalari bilan mustahkamlanadi , hamda hozirgi kunda ham Unga murojaat qilganlarning ibodatlarini bajaradi.

Bu haqiqatga qanday ishonch hosil qilish mumkin?

Biz sózimizdan kelib chiqib bizga ishonishni taklif qilmaymiz. Bularning barchasini tajriba tarzida tekshirish mumkin. Agar siz – yovuz jinlarning yomonligiga– yovuzlikni tanlagan, quvilgan farishtalar, masalan, poltergeist yoki ularning hodisalari va ular yuborishi mumkin bólgan dahshatlariga duch kelsangiz , unda cho’qinishni bajaring va shunday ayting:

«Rabbim Iso Masih, Xudoning Óg'li, menga, gunohkorga rahm qil.»

Va jinlarning hujumlari qanday tóxtashini kórasiz, chunki ular Xudoga qarshi ojizdirlar. Agar siz uzoq vaqt davomida depressiyadan aziyat chekayotgan bólsangiz, bundan najot ko’rmayotgan bo’lsangiz, óz jonizga qasd qilish haqidagi óylaringiz bólsa – iloji boricha tez-tez ichingizda shu so’zlarni takrorlang va siz , yorug'lik nuri oldida zulmatning chekinayotgani kabi, g’amginlik sizdan chekinayotganini kórasiz.

Nihoyat, agar siz umidsiz vaziyatga tushib qolsangiz yoki jiddiy kasal bólib qolsangiz, Ibodat qiling: “ Rabbim, Óg'ling Iso Masih nomi bilan meni bunday qayg'ulardan qutqar « va Masih Ózi váda qilganidek, sizni qutqaradi: «Sizlar Mening nomimdan so’ragan hamma narsani Men bajo keltiraman, toki Ota O’z O’g’li orqali ulug’lansin” (Yuhanno 14:13).

Buni tekshirib kóring va bularning barchasi hozirgacha amal qiladigan haqiqat ekanligiga ózingiz ishonch hosil qiling.

Qanday qilib biz Uning g'olib qóshiniga qóshila olamiz?

Masih aytdi: «Men Cherkovni quraman va dózax eshiklari unga qarshi g'alaba qozona olmaydi» (Matto 16:18). U yaratgan bu Cherkov Uning yóliga ergashishni istaganlarning hammasini óz ichiga oladi.

Masihning Ózi tomonidan asos solingan yagona haqiqiy Cherkov mavjud 1-asrdan boshlab avloddan-avlodga Uning iymonini saqlab qolgan va Muqaddas Ruhning yordamiga ega bólgan – bu Pravoslav Cherkovidir. Bular, Cherkovga kelgan har bir kishi Masih uchun Xudo tomonidan asrab olinadi va biz Xudoning bolalari va bir-birimizga aka-uka va opa-singillar kabi bólamiz.

Cherkov – bu Masih tomonidan yaratilgan Xudoning oilasi. Unga jinsi, yoshi va millatidan qat'i nazar, har kim kirishi mumkin. Agar Sizga Cherkov faqat ruslar uchun yoki faqat keksa odamlar uchun ekanligini aytishsa, bilingki, ular sizga yolg'on gapirishadi. Aldanmang – haqiqat hamma uchun ochiq.

Siz cherkovga faqat suvga chómish orqali kirishingiz mumkin. Ammo suvga chómish faqat yólning boshlanishi. Xudo bizni muqaddaslikka chaqiradi. Muqaddas – bu Xudoga óxshagan va U bilan sevgida birlashgan kishi. Masih bilan birgalikda har birimiz gunohni yengib, yaxshilikda ildiz otib, muqaddas bóla olamiz.

Agar siz stress, tushkunlik, hayotda umidsizlikni boshdan kechirayotgan bo’lsangiz – bularning barchasi bizni ichimizdan zaharlaydigan gunohning oqibatlaridir. Masih sizga gunohning kuchidan va uning barcha oqibatlaridan haqiqiy ozodlikni berishi mumkin. Buning uchun, agar siz allaqachon suvga chómgan bólsangiz, tavba qilishingiz kerak. Yáni, siz gunohingizni tan olishingiz, e’tirof e’tishingiz va undan voz kechishingiz kerak.

Jinlar kópincha endi barcha narsani yaxshi tomonga tuzatish mumkin emas , u uchun najot yóq va uning gunohlari kechirilmaydi degan fikrni odam ongiga singdiradi. Ózingizni aldanishingizga yól qóymang! Ular, ularning bosimi boshqaruvidan chiqmasligimiz uchun bu fikrlarni singdirishadi . Inson hali hayot ekan, nima qilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, agar u o‘zini oqlamay, chin ko’ngil bilan kirishga tayyor bo‘lsa, unga tavba eshiklari ochiqdir.

Bizni oxirida nima kutmoqda?

Adolat , ólimdan sóng, haqiqiy sud hukmiga kóra, biz qilgan tanlovlarimiz va ishlarimiz uchun munosib jazo olishimizni aytib turadi. Yaxshilik va quvonchning yagona haqiqiy manbai Xudodir.

Marxamatdan ajralish azobdir. Xudo bilan bólishni tanlaganlar U bilan abadiylikda bólishadi va, tabiiyki, baxt va quvonchda qoladi. Bu Osmon Shohligining cheksiz baxti bóladi.

Xudodan boshqa narsani afzal kórgan va U bilan pravoslav Cherkovida birlashmaganlar abadiylikda ham yaxshilik va quvonch manbasidan ajralib azobda qoladilar. Ólimdan keyin boshqa imkoniyat bólmaydi. Xudo barcha kerakli imkoniyatlarni bizga yerdagi hayotimizda , shu jumladan hozir ham ushbu varaqa orqali beradi. Tanlov qiling! Haqiqat va Xudo bilan shaxsiy munosabatlar hayotni máno, yorug'lik va quvonch , shuningdek gunohdan haqiqiy ozodlik bilan tóldiradi.

www.daniilcenter.ru; e-mail: info@daniilcenter.ru, Rus Pravoslav Cherkovi (Moskva Patriarxiyasi)

Yomonlik qayerdan keldi?

Ba’zilar so’rashadi: agar biz donishmand va mehribon Yaratgan tomonidan yaratilgan bólsak , bizning dunyomizda nafrat, iztirob, majruhlik qayerdan keladi? Mana Xudoning Ózidan javob: U barchani: farishtalarni ham, birinchi odamlarni ham mehribon qilib yaratdi. O’sha paytda hech qanday yomonlik, azob-uqubatlar va ólim yóq edi. Biroq, Uning bázi ijodlari Yaratguvchisiga xiyonat qilib, Undan olgan erkinlik in'omini buzdi. Yovuzlik shunday paydo bóldi.

Agar biz atrofimizdagi dunyoga diqqat bilan nazar tashlasak, biz «shaxssiz yovuzlik» ni kórmaymiz, bu har doim aniq odamlarning harakatlarining natijasidir, ularning irodasining mahsulidir. Yovuzlik -Xudoning irodasini buzishdir. Afsuski, birinchi ikki kishi yovuzlikka tobe’ bo’lib, buning oqibati ularning avlodlariga, barchamizga, masalan, qaerda yashash va qanday turmush tarzini olib borish, qarorlarimizning oqibatlari , xuddi farzandlarimizning taqdiriga tásir qilganidek tásir qildi.

Bu bizga qanday natija olib keldi?

Siz hech yomon odatlar qanchalik oson singishini va aksincha, yaxshi narsaga egalk qilish esa qanchalik qiyin ekanligini payqaganmisiz? Bu yovuzlikni tanlaganlardan kelib chiqishimizning natijasidir , chunki “halol haromdan tug'ilmaydi” (Ayub 14:4). Gunohga moyillik bizga irsiy kasallik sifatida ótgan. Bundan tashqari, azob va ólim paydo bóldi. Bunga nafaqat bizning ajdodlarimiz aybdor, ular kabi – har birimiz shaxsan gunohlar qildik.

Xudo bunga qanday munosabatda bóldi?

Muqaddas Kitobda aytilishicha, “Xudo ólimni yaratmagan va tiriklarning halok bólishidan xursand emas» (Dono. Sul. 1:13) va Ózi deydi: “Men gunohkorning ólimini emas, aksincha fosiqlar yomon yo’lidan qaytib, yashashini xohlayman ” (Hizq. 33:11). Shunday qilib, odamlar Xudoning irodasini buzganiga qaramay, U undan yuz ógirmadi Bizga gunoh va ólim qarshi kurashda g'alaba qozonishimiz uchun bizga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi.

Biz qanday g'alabaga erishdik?

Qóshin urushda kurashsa, podshoh jang maydonidan uzoq bolgan masofada issiq va qulay joyidan dushman o‘qlari ostida xandaqlarda qaltirab turgan askarlarga buyruq yuborishi mumkin. Lekin bizning Xudoyimiz bunday emas. Uni shunday podshoh bilan solishtirish mumkin, taxtdan chiqib, oddiy kiyimini kiyib, ózi xandaqlarda, askarlari oldida paydo bóladi, ularning yonida turib: «Jasoratli bólinglar, men sizni g'alabaga olib boraman!"deydi. Xudo ham shunday qildi. Uning abadiy Muqaddas Kalomi, Unda tug’ilganlarda mangu bo’ladi , yer yuzida mujassamlanadi, inson tabiatini qabul qildi, biz kabi bólib, bizni g'alaba va najotga olib boradi.

Xudo qanday qilib inson bo’ldi?

Inson Xudo bóla olmaydi, lekin Xudo inson bólishi mumkin, chunki U uchun imkonsiz narsani o’zi yo’q. Xudo inson tabiatini qabul qilganda ham Xudo bólishdan tóxtatmadi. O’zining “Men” U bu ikki tabiatni aralashtirmasdan birlashtirdi, xuddi biz ózimizda kórinmas ruhni va kórinadigan tanani birlashgandek. Bu mujassamlangan Xudoning Kalomi Iso Masih ismini oldi.


Источник: Sinodal missionerlik bólimining "Pravoslav tarjimoni" loyihasi.

Комментарии для сайта Cackle