Tóg'ri yól

Источник

«MANA SHU – TÓG'RI YÓLDIR»

(Qur'oni Karim, 43-sura 61-oyat)

Содержание

Shomil va onasi Allohning kalomining qadr-qiymati qancha? Qiyomat kuni: rahm-shafqat yoki adolat? Rahmondan yuborilgan Shafoatchi Poklik va mójizaviy tug'ilish Nima uchun Parvardigor payg'ambarlarni yuboradi? Allohdan kelgan sóz Nega mójizalar sodir bóladi? Ólim kimga hukmronlik qila olmaydi? Allohdan kelgan sóz Nega mójizalar sodir bóladi? Tóg'ri yólga qanday borish kerak

Shomil va onasi

Imom Shomil haqida shunday hikoya qilinadi: “Axulgodagi og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng tog‘lar bóylab bir yillik motam e’lon qilindi. Shomil qatl qilinishi qórquvi ostida imomatda har qanday óyin-kulgi va kóngilochar tadbirlarni ótkazishni man qildi. To‘ylar, bayramlar, marosimlar qo‘shiq va raqslarsiz o‘tkazildi. Hamma joyda qonunlar shariat qoidalariga amal qilmagan shaxslarni táqib qildi. Qat'iyatli va mard ayol bólgan Shomilning onasi, xalq dardi uchun o‘g‘lidan kam kuyunmas edi. Bir kuni u qishloq chekkasida yashovchi, yaqinda nevarali bólgan bir qishloqdoshini ko‘rgani bordi. Qóyilgan taqiqlarni unutib, ayollar xursandchilikda chaqaloqqa allalar aytgan holda bayram qilishni boshlashdi. Shu yaqin atrofdagi ayollar bu haqda darhol Shomilning muridlariga xabar berishdi. Ular do‘q-po‘pisa va haqoratomus soz'lar bilan shu uyga yetib kelishdi. Ammo uyda Shomilning onasi borligini bilgach, unga bólgan voqea haqida xabar berishdi. Shomil onasini shariat mahkamasiga taklif qilishni buyurdi. Sud jarayonida Shomilning onasiga 25 marta qamchi bilan urish jazosi haqida hukm chiqarildi. Shariat mahkamasining qozilari va ijrochilari, va navkarlar ikkilanib qolishdi: ayolning bunday jazoga dosh bera olmasligini hamma bilardi. Shunda Shomil dedi: “Shariat qoidalarini buzganlik uchun hamma uchun jazo tayinlanadi, imomatda hech kim undan mustasno emas. Men o‘g‘il sifatida onamga berilgan jazoni óz zimmamga olaman”. Keyin esa orqasini yalang'ochlab, qamchi zarbalari ostiga yotdi”.

Allohning kalomining qadr-qiymati qancha?

Ózingizdan vijdonan sórang: «Men bu onaning órnida bólib qolishim mumkin edimi? Men óz hayotimda Alloh Taoloning Qonuniyatini buzganmanmi?” – Óz hayotini vijdonan tahlil qila turib, óziga «yóq» deb javob beradigan topilishi dargumon. Amallarimizda, sózlarimizda va fikrlarimizda qonunlarni buzish bilan biz olamlarning Yaratuvchisini tóxtovsiz g'azablantiramiz va qilgan amallarimiz uchun ózimizga nisbatan munosib jazoga sababchi bólamiz. Gunohlarmizni anglab yetganimizdan sóng, biz Yaratganning yólida berilgan sadaqalar bilan ayblarimizni yuvishga yoki muammolarni inkor qilib, shunchaki Uning rahm-shafqatiga ózimizni ishontirishga harakat qilamiz. Bu bilan biz yana ham og‘irroq gunohga qo‘l uramiz – Alloh taoloning sifatini – Ilohiy adolatini inkor qilamiz. Biz buni ongli ravishda qilamiz, chunki biz adolatli tarzda hisob-kitob qilinishimizni xohlamaymiz, bunga sabab esa, biz Allohning kalomini, qonunlarini buzganimiz uchun jazodan saqlab qoluvchi amalimiz ham yóqligidir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: adolat tarozisining bir tomonida bergan sadaqamiz, ikkinchi tomonida Allohning kalomi bor! Bir tomonda qilgan qurbonliklarimiz, boshqa tomonida Allohning kalomi! Ilohiy adolat bizga qanday hukm qiladi? Gunohlar bilan tahkirlangan odam Uning pokligi qarshisida tura oladimi?

Qiyomat kuni: rahm-shafqat yoki adolat?

Bilamizki, qiyomat kuni kelganda Alloh taolo Óz adolatini kórsatadi: «Bu Kunda har bir jon ózi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bu Kunda (hech kimga) zulm yóqdir» (Qur'oni Karim, 40:17). Bizning ruhimiz ham, Shomilning onasi kabi, qilgan ishimiz uchun jazosini olishga majbur bóladi. Payg'ambar Sulaymon aytganidek: «Yer yuzida faqat yaxshilik qiladigan va gunoh ish qilmagan solih odam yóq». Va agar biz ózimizga, yáni gunohkorlarga munosib adolatli hukmni – Jahannam: «Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida mangu qoluvchilardirlar» (43:74) olishni istamasak, u holda Hakam biz bilan Ózining ilohiy shafqati bilan hukm qilishi uchun Shafoatchi kerak. Va faqat shunday Shafoatchining borligi bilan biz Alloh Taoloning marhamatiga umid qilishimiz mumkin.

Rahmondan yuborilgan Shafoatchi

Alloh tomonidan belgilab qóyilgan fazilatlar va xususiyatlarga ega bólgan kishigina Shafoatchi bólishi mumkin:

Óz jinoyatlari uchun jazolanmaslik uchun u Alloh Taoloning Qonuni oldida mutlaqo pok bólishi kerak.

Uning ustida Allohning sózlari ijobat bólishi kerak – uning alohida mavqeini tasdiqlovchi bashoratlar;

U uning alohida óringa ega payg'ambarligini tasdiqlaydigan alomatlar va mójizalarni kórsatishi kerak;

U eng og‘ir jazoga bardosh bera olishi kerak;

U málum bir shaxsning poklanish natijasini olishi mumkin bólgan shartlar va usullarni aytib berishi kerak.

Poklik va mójizaviy tug'ilish

“Maryam” surasida Jabroil alayhissalomning Maryamga aytgan quyidagi so‘zlarini o‘qiymiz: “...Men senga bir pok o‘g‘ilni hadya etish uchun Robbingning elchisiman, xolos” (19:19). Bu oyatda “pok” sifati “zakija” so‘zi bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tub mánosi (“zakot” so‘zidagi kabi) “poklik” ma’nosini bildiradi. Bu sózning ikkinchi mánosi «benuqson». Maryam óg'lining pokligigia quyidagi hadis komil guvohlik beradi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Maryam va uning o‘g‘lidan boshqa hech bir bola shayton tegmagan holda tug‘ilmaydi, keyin esa shayton unga tegib yig‘lay boshlaydi”. (as-Sahih al-Buxoriy, 6-jild, 54-bet).

Kórishimiz mumkin-ki, bu yerda Maryam óg'li Iso mutlaq poklik xususiyatiga kóra barcha payg'ambarlardan sezilarli darajada farq qiladi. Iso alayhissalomning onasining qornida paydo bólishining ózi Uning yer yuzida tug'ilgan barcha odamlardan farqini kórsatadi: “U (Maryam) dedi: “Menda qayoqdan óg'il bólsin, menga bashar tegmagan bólsa, men men buzuq ham bólmasam?!” U: «Robbing shunday dedi: «Bu Men uchun osondir... Sóngra u bilan uzoq makonga chetlandi» (19:20–22).

Nima uchun Parvardigor payg'ambarlarni yuboradi?

Barcha payg'ambarlar odamlarga Robbisining amrlariga rioya qilishni órgatishgan. Ular Parvadigorning unutilgan sózlarini eslab, tavba qilishga va haqiqiy Xudoga xizmat qilishga chaqirdilar: “Men barcha bandalarimni, payg'ambarlarni erta tongda senga yubordim va dedim:

“Zulm yólidan qayting va axloqingizni tuzating va boshqa xudolarga ergashmang va ularga xizmat qilmang; va bu zaminda hayot kechirasizlar” (payg‘ambar Yeremiyo). Ammo bu payg'ambarlar va boshqa móminlar órtasidagi asosiy farq emas, chunki ular ham óz yaqinlarini haq yóliga chaqirishga qodir. Payg‘ambarning asosiy vazifasi olamlar Parvardigorining kelajak haqidagi vahiysini xalqqa yetkazish, bashorat qilishdan iborat. Shunday qilib, Yahyo payg'ambargacha bólgan barcha payg'ambarlar odamlarni Qodir Tangrining solih g'azabidan va gunohlari uchun bólgan jazodan qutqaradigan Zotning kelishi haqida gapirganlar.

Payg'ambarlar Shafoatchi Dovudning shoh avlodlaridan bólishini bashorat qilishgan: “Mana, kunlar keladi, – deydi Robbiy, va Men Dovud uchun solih shox kótaraman, Shoh donolik bilan hukmronlik qiladi va yer yuzida adolatli hukm órnatadi”; U erga tegmagan bokira qizning Óg'li bóladi: «Shunday qilib, Robbiyning Ózi senga alomat beradi: mana, Bokira [bokira qiz] homilador bólib, Óg'il tug'adi va Uning ismini Immanuil qóyadi”. (payg'ambar Ishayo 7:14).

Doniyor payg'ambar Shafoatchining kelish vaqtini aniq kórsatgan: “Isyonni bartaraf etish, qabihlikka chek qo‘yish, gunohni poklash hamda abadiy adolat o‘rnatish uchun Xudo sening xalqing va muqaddas shahring uchun yetmish karra yetti yil belgiladi. Shunda vahiy va karomatlar amalga oshadi, muqaddas Ma’bad esa tabarruk qilinadi.” (9:24). Ushbu 490 yilni hisoblashning boshlanishi eramizdan avvalgi 453-yilda qirol Artaxshasning Quddusni tiklash haqidagi farmonining nashr etilishidir. Iso alayhissalom paydo bólgunga qadar va Yahyo payg'ambarning U haqida guvohlik berishigacha roppa-rosa shuncha yillar ótdi. Injil bu guvohlikni quyidagicha ifodalaydi:

“Ertasi kuni Yahyo Isoning yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, shunday dedi: “Ana, Xudoning Qo‘zisi! U dunyoni gunohdan poklaydi! Men ana shu Kishi haqida: “Mening ketimdan kelayotgan Zot, mendan ulug‘dir. Chunki U mendan oldin mavjud bo‘lgan”, deb aytgan edim. Men Uning kimligini bilmas edim. Lekin Uni Isroil xalqiga tanitish maqsadida, men odamlarni suvga cho‘mdirgani keldim.” Yahyo yana shunday shahodat berib dedi: – Men Ruhning osmondan kaptarday uchib kelganini va Uning ustiga qo‘nganini ko‘rdim. O‘sha paytgacha men Uning kimligini bilmas edim. Lekin “Odamlarni suvga cho‘mdirasan”, deb meni yuborgan Xudo menga shunday degan edi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo‘nganini ko‘rsang, bilki, Muqaddas Ruhga Cho‘mdiruvchi O‘shadir.” Men buni ko‘rdim va sizlarga “Bu – Xudoning O‘g‘lidir”, deb aytyapman.”. (Yahyo, 1:29–36).

Bu yerda Shafoatchi haqida yana bir muhim guvohlik haqida gap ketadi: Yahyo uni «Xudoning Óg'li» deb ataydi. Keling, kórib chiqamiz, Alloh taoloning g'ayratli bandasi hisoblangan Yahyo payg'ambar bu sózlari bilan nima demoqchi edi.

Allohdan kelgan sóz

Qur’oni karimda Iso alayhissalomning tug‘ilishi haqida shunday deyiladi: “ Óshanda farishtalar dedilar: “Ey, Maryam! Albatta, Alloh senga Ózidan bólgan «kalima'ning xushxabarini bermoqdaki, uning ismi Masih Iyso ibn Maryam, dunyoyu oxiratda obróli va muqarrablardandir» (Quron, 3:45). Yáni, bu yerda faqat Isoning «Kalom» deb atalishi emas, balki Alloh U bilan Al-Masih órtasidagi alohida aloqani kórsatadi. Xuddi bizda fikr tug'ilganidek – va bu jarayon bolalarning oddiy tug'ilishiga hech qanday aloqasi yóq, Alloh ham Óz Kalomiga ega (yoki tug'diradi) – va bu tug'ilish (fikrning tug'ilishi kabi) inson tug'ilishi bilan hech qanday aloqasi yóq. Bu Qodir Alloh va Uning Ilohiy Kalomi órtasida mavjud bólgan maxsus munosabatni yetkazishning bir usulidir. Va shuning uchun ham Iso al-Masihni haqli ravishda Xudoning Óg'li deb atash mumkin, chunki U abadiy Allohdan tug'ilgan; Yer yuziga kelib, Maryamning óg'li bólgan shaxs. Bu haqda Injilda batafsilroq keltirilgan: “Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom – Xudo edi. Azalda U Xudo bilan birga edi. Butun borliq Kalom orqali yaratilgan, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.” (Yahyo 1:1–3). Qur'oni karimda ham Kalomning dunyoning yaratilishidagi órni haqida shunday deyilgan: «U,osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. “Ból” degan kuni bóladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g'aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir» (6:73). Injilda ham Kalom haqida shunday deyilgan: “Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi.” (Yahyo 1:14).

Nega mójizalar sodir bóladi?

Alloh taolo sehr kórsatmaydi, Uning niyati odamlarga foyda keltiradigan mójizalar orqali Ózining ulug'vorligini oshkor etishdir. Bunday foyda olgan odam Yaratganni ulug'lashi kerak. Shunday qilib, Muso payg'ambar sahrodan suv va toshlarni olib chiqdi, achchiq suvlarni shirin suvga aylantirdi, Al-Yasa payg'ambar Yerixo suvlarini tuzatdi va Ilyos payg'ambarning duosi bilan qurg'oqchilik tóxtadi.

Iso Al-Masihning mójizalari haqidagi dalillarni nafaqat Muqaddas Yozuvlarda, balki Uni Shafoatchi sifatida tan olmagan – yahudiylarning kitoblarida ham topish mumkin. Va bu U kórsatgan mójizalarning haqiqiyligining haqiqiy dalilidir, chunki hatto dushmanlar ham bu mójizalar haqida jim tura olishmagan. Shuningdek, Qur'onda quyidagi dalil ham keltirilgan: «...Mening iznim ila tug'ma kórni va pesni davolaganingni esla. Va mening iznim ila óliklarni chiqarganingni esla» (5:110). Injil nafaqat shifo mójizalarini, balki óliklarning tirilishining uchta holatini, changdan kózi ojiz inson uchun kóz yaratishni, 5 va 7 ming kishini tóydirish uchun bir necha bólak nonni kópaytirish va tóy ziyofatida suvni sharobga aylantirish mójizalarini ham saqlab qolgan.

Ólim kimga hukmronlik qila olmaydi?

Hech bir narsa insonning óziniki emas, unga hamma Parvardigor tomonidan berilgan, ólim esa odamning gunohlari uchun tólashi mumkin bólgan yagona badaldir. Agar inson óz hayoti davomida qilgan gunohlarini yuvish uchun yetarli amallarni qilganida, uning ólishi shart emas edi. Bu haqda payg'ambar Dovud shunday deydi: “Axir, hech kim hayotini pul to‘lab qutqara olmas, Yoki uning uchun Xudoga to‘lov berolmas. Inson hayoti uchun to‘lov g‘oyat qimmatdir, Hech qanday to‘lov yetarli bo‘lmas. Yo‘qsa inson to abad yashardi, Qabr yuzini aslo ko‘rmasdi.” (Zabur, 48:8–10).

Biroq Iso al-Masih shunchaki Inson emas, U Allohning Kalomidir, ólimga loyiq bólmagan yagona inson, chunki u hech qanday gunoh qilmagan. Iso tóg'ridan-tóg'ri U ózigacha bólgan boshqa payg'ambarlar kabi emasligini aytgan. Hatto uning dushmanlari, yahudiylar ham buni anglab, Unga: “Nahotki Siz vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham ustun bo‘lsangiz?! Payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan– ku! Siz O‘zingizni kim deb hisoblaysiz o‘zi?! (Yahyo 8:53) deya savollar berishgan. Bundan tashqari, Iso óz hayotini va ólimini nazorat qilish qudratiga ega: “... Men hayotimni yana olish uchun jonimni fido qilaman. Hech kim jonimni Mendan olmayapti. Men O‘z ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor. Buni Menga Otam buyurgan. (Yahyo, 10:18). Bu yerda Iso Ózining Shafoatchi ekanligini, odamlarning gunohlari uchun badal sifatida Óz jonini berganligini aniq kórsatib turibdi, lekin U ham hayotga qaytadi, chunki U bunga qodir.

Payg'ambar Ishayo Injilda tasvirlangan voqeadan 700 yil oldin Iso bizning gunohlarimiz badalini qanday tólashini bashorat qilgan:

“Undan nafratlanganlar, uni rad etganlar. U qayg‘u nimaligini, azob–uqubatni bilardi. Undan odamlar yuz o‘girib, nafratlangan, Uni biz odam qatorida sanamaganmiz. Ha, dardlarimizni u o‘ziga oldi, Og‘riqlarimizni u o‘z zimmasiga oldi. Biz esa o‘yladik: “Uni Xudo urgan, Alamdiyda, jabrlangan u!” U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo‘ldi, Bizning ayblarimiz tufayli ezildi. Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi.” (Ishayo 53:1–5).

Yahudiylar Maryamning Óg'li Iso qiyofasida kelayotgan Shafoatchini tan olmay, Uni óldirishdi – xochga mixlash va shu bilan qadimiy bashoratlarni beixtiyor amalga oshirishdi. Payg'ambar Dovud ushbu qatl haqida 1000 yil oldin yozgan. Uning tavsifi shunchalik aniqki, payg'ambar Poklanish shaxsan ishtirok etganga óxshaydi:

Kórinib turibdiki, táriflangan voqeani Parvardigor tomonidan rejalashtirgan. Uning amalga oshishi eng ulug'vor mánoga ega edi: odamlarning gunohlarini ilohiy adolat ila mag'firat qilish. Ammo, óz rejasini amalga oshirgach, Qodir Tangri Shafoatchini dózax tubida qoldira olmasdi, aks holda U rahmli hisonlanmas edi. Aks holda, qonunsizlikning kuchi ustidan g'alaba qozonishning hech qanday dalil va iymon keltirganlar uchun alohida belgi bólmasdi. Va shuning uchun Iso uchinchi kuni (váda qilinganidek) tiriladi. Qur'onda Iso al-Masih quyidagi sózlarni aytadi: «Menga tug'ilgan kunimda ham, óladigan kunimda ham, tiriladigan kunimda ham salom bordir!» (19:33).

Darhaqiqat, Uning tug'ilishi farishtalar tomonidan, ólimi esa Iso tomonidan nishonlandi; Bular birma–bir yozib chiqilganda edi, yozilgan kitoblar olamga ham sig‘mas edi, deb o‘ylayman» (Yahyo, 21:25).

Iso dedi: “... Menga ishonmasangiz ham, qilayotgan ishlarimga ishoninglar. Shunda ... anglab olasizlar” (Yahyo, 10, 38). Iso al-Masih bu so‘zlar bilan Uning amallari (mo‘jizalari) o‘zidan oldingi barcha payg‘ambarlarning mo‘jizalaridan ustun bo‘lganligi sababli, Iso oddiy payg‘ambardan ko‘ra ko‘proq ishonchga loyiq ekanligini ko‘rsatmoqchi edi, Shafoatchining

payg'ambarlari Al-Masihni váda qilingan deb tan oldi va u tóg'ridan-tóg'ri aytadi: «Ota kimni muqaddas qilib, dunyoga yuborganiga aytasizmi: siz kufr qilyapsiz, chunki men: «Men Óg'ilman» deganim. Xudodanmi? «Bordi–yu, Uning ishlarini qilayotgan bo‘lsam, Menga ishonmasangiz ham, qilayotgan ishlarimga ishoninglar. Shunda Ota Menda va Men Otada ekanimni bilib, anglab olasizlar» (Yahyo, 10:38).

Allohdan kelgan sóz

Qur’oni karimda Iso alayhissalomning tug‘ilishi haqida shunday deyiladi: “ Óshanda farishtalar dedilar: “Ey, Maryam! Albatta, Alloh senga Ózidan bólgan «kalima'ning xushxabarini bermoqdaki, uning ismi Masih Iyso ibn Maryam, dunyoyu oxiratda obróli va muqarrablardandir» (Quron, 3:45). Yáni, bu yerda faqat Isoning «Kalom» deb atalishi emas, balki Alloh U bilan Al-Masih órtasidagi alohida aloqani kórsatadi. Xuddi bizda fikr tug'ilganidek – va bu jarayon bolalarning oddiy tug'ilishiga hech qanday aloqasi yóq, Alloh ham Óz Kalomiga ega (yoki tug'diradi) – va bu tug'ilish (fikrning tug'ilishi kabi) inson tug'ilishi bilan hech qanday aloqasi yóq. Bu Qodir Alloh va Uning Ilohiy Kalomi órtasida mavjud bólgan maxsus munosabatni yetkazishning bir usulidir. Va shuning uchun ham Iso al-Masihni haqli ravishda Xudoning Óg'li deb atash mumkin, chunki U abadiy Allohdan tug'ilgan; Yer yuziga kelib, Maryamning óg'li bólgan shaxs. Bu haqda Injilda batafsilroq keltirilgan: “Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom – Xudo edi. Azalda U Xudo bilan birga edi. Butun borliq Kalom orqali yaratilgan, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.” (Yahyo 1:1–3). Qur'oni karimda ham Kalomning dunyoning yaratilishidagi órni haqida shunday deyilgan: «U,osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Ból» degan kuni bóladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g'aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir» (6:73). Injilda ham Kalom haqida shunday deyilgan: “Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi.” (Yahyo 1:14).

Nega mójizalar sodir bóladi?

Alloh taolo sehr kórsatmaydi, Uning niyati odamlarga foyda keltiradigan mójizalar orqali Ózining ulug'vorligini oshkor etishdir. Bunday foyda olgan odam Yaratganni ulug'lashi kerak. Shunday qilib, Muso payg'ambar sahrodan suv va toshlarni olib chiqdi, achchiq suvlarni shirin suvga aylantirdi, Al-Yasa payg'ambar Yerixo suvlarini tuzatdi va Ilyos payg'ambarning duosi bilan qurg'oqchilik tóxtadi.

Iso Al-Masihning mójizalari haqidagi dalillarni nafaqat Muqaddas Yozuvlarda, balki Uni Shafoatchi sifatida tan olmagan – yahudiylarning kitoblarida ham topish mumkin. Va bu U kórsatgan mójizalarning haqiqiyligining haqiqiy dalilidir, chunki hatto dushmanlar ham bu mójizalar haqida jim tura olishmagan. Shuningdek, Qur'onda quyidagi dalil ham keltirilgan: «...Mening iznim ila tug'ma kórni va pesni davolaganingni esla. Va mening iznim ila óliklarni chiqarganingni esla» (5:110). Injil nafaqat shifo mójizalarini, balki óliklarning tirilishining uchta holatini, changdan kózi ojiz inson uchun kóz yaratishni, 5 va 7 ming kishini tóydirish uchun bir necha bólak nonni kópaytirish va tóy ziyofatida suvni sharobga aylantirish mójizalarini ham saqlab qolgan.

Tóg'ri yólga qanday borish kerak

Iso al-Masih barcha odamlarning gunohlari uchun Qodir Tangriga tólov olib kelganiga qaramay, U bizdan itoat qilishni talab qiladi, bu orqali biz ózimiz uchun Uning poklash natijasini olishimiz mumkin:

«Shunday ekan, Uning g'azabidan qórqinglar va menga itoat qilinglar» (3:50); “Menga sajda qiling! Bu tóg'ri yóldir» (43:61) – Qur'on shunday

Iso al-Masih so‘zlarini yetkazadi. Va Isoga itoat qilish uchun Uning quyidagi amrlarini bajarish kerak:

Imon: “Óg'ilga ishongan abadiy hayotga ega bóladi, Óg'ilga ishonmagan esa hayotni kórmaydi, lekin Xudoning g'azabi uning ustida qoladi” (Yahyo 3:36).

Suvga chómish: “Kimki ishonsa va suvga chómsa, najot topadi; va kim ishonmasa, mahkum bóladi” (Mark bóyicha Injil, 16:16).

Amrlarning bajarilishi: “Agar Meni sevsangiz, amrlarimni bajaring” (Yahyo 14:15).

Bu uchta ish: qutqarilishga ishonish; Gunohlarni tozalaydigan suvga chómish va amrlar bóyicha hayot Qodir Tangri oldida toza vijdonga ega bólish, ólimdan keyin jannatni olish, dózaxni hech qachon kórmaslik, qiyomat kunida qiyomatda mukofot olish va bu erda. Qalbni qabul qilish uchun er faqat Ózi har qanday nopoklikdan poklagan kishilarga ózini namoyon qiladigan Qodir Tangrining nafasidir. Alloh va inson órtasidagi bu Shartnoma abadiy Iso al-Masihning qoni bilan muhrlangan, shuning uchun uni bekor qilishning iloji yóq. Va bu sózlar endi bizga taalluqli emas: «balki siz kechirilasiz!» (Qur'oni Karim, 6:155), chunki Qutqaruvchi Shartnomaning uchta shartini bajargan har bir kishi, Ózi aytganidek, Qutqaruvchi váda qilgan narsaga ega bólishi kafolatlanadi:

“Yuragingiz bezovtalanmasin; Allohga ishoning va Menga ishoning. Otamning uyida kóplab uylar bor. Agar shunday bólmasa, men sizga aytaman: men siz uchun joy tayyorlayman. Men borib, sizlar uchun joy tayyorlaganimda, yana kelib, sizni O‘zimga olib boraman, toki sizlar ham Men bo‘lgan joyda bo‘lasizlar” (Yahyo 14:1–3).


Источник: Sinodal missionerlik bólimining "Pravoslav tarjimoni" loyihasi.

Ошибка? Выделение + кнопка!
Если заметили ошибку, выделите текст и нажмите кнопку 'Сообщить об ошибке' или Ctrl+Enter.
Комментарии для сайта Cackle